1

Junior ham odam ...

 2 years ago
source link: https://dev.to/wahidd/junior-ham-odam--4a7g
Go to the source link to view the article. You can view the picture content, updated content and better typesetting reading experience. If the link is broken, please click the button below to view the snapshot at that time.
neoserver,ios ssh client

Junior ham odam ...

Shu kunlarda shogirtlarim .NET bo'yicha ish qidirishyapti. Ularni taassurotlaridan quyidagi unchali yaxshi bo'lmagan fikrlar kelmoqda.

1. Enasiyam bilmaydigan savollar berish

Junior darajadagi dasturchi odatda ish o'rganuvchi hisoblanadi. Bir yo'nalishda (aytaylik .NET) ma'lum texnologiyalar (EF Core, SOLID, REST) yordamida bir nechta loyihalarda qatnashgan bo'ladi.

Shu yoshgina junior dasturchilarda interview olayotgan "Senior" akalarimiz esa bisotlarida bor, 5+ yil davomida o'rgangan bilimlariga tayanib dunyodagi barcha texnologiyalar haqida savol berishyapti. Agar junior ularni bilmay qolsa uni kamsitish va yerga urish holatlari ham mavjud.

2. Bir oylik loyihaga 1 kun vaqt

Kichik test loyihalarda juniordan uddalab bo'lmas topshiriqlar berishyapti. Masalan, quyidagi topshiriqni oling:

Product CRUD api qilish kerak
1. .net core, Postgresql dan foydalanib
2. 3 tilda bo'lishi kerak.
3. jwt uni ulash kerak bo'ladi
4. API doc sifatida swaggerdan foydalanish kerak

Enter fullscreen mode

Exit fullscreen mode

Yuqoridagi topshiriq junior darajadagi dasturchiga berilgan. Axir bu yarim tayyor maxsulotku. Shuni bajarish uchun 1 kun vaqt berish qay darajada to'g'ri. Qaysi senior shuncha topshiriqni kompaniyasida bir kunda bajaradi?

3. Junior oyligiga Senior qidirish

Ko'p holatlarda kompaniyalar qo'yayotgan talablar bir necha yillik tajribaga ega dasturchilar bilishi kerak bo'lgan bilimlar. Oylik esa kulgili darajada past. Shunday odamlar ishga e'lon berishda o'zlaridan uyalishmasmikin? Bozorni ko'rgan odam biladiku u taklif qilayotgan narxga *paynet*chilar ham rozi bo'lmaydi.

Hammasi u darajada rasvo emas. Bir nechta chet-el kompaniyalari ishga olish jarayoni qanday bo'lishi kerakligini, ishchilarga qanday muomala qilish kerakligini ko'rsatib o'rnak bo'lishyapti.

Hammadan iltimos, Junior ham odam, ularni tepalayvermanglar!


About Joyk


Aggregate valuable and interesting links.
Joyk means Joy of geeK